Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muhim Farmon qabul qilindi

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muhim Farmon qabul qilindi
  • 25.11.2025
  • Yangiliklar
  • 3 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muhim Farmon qabul qilindi

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshiradigan maxsus komissiya tuzildi.

Komissiya quyidagi vazifalarni bajaradi:

✔️Atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki tugatish.

✔️Farmon bilan berilgan vakolatlar doirasida avval qabul qilingan farmon, qaror va topshiriqlar ijrosini tashkil etish, jumladan sanoat korxonalarida filtrlardan foydalanish bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilishini nazorat qilish.

✔️Prezidentning 2025-yil 19-noyabrdagi ekologiya va turizm sohalariga oid farmonida belgilangan vazifalar, shu jumladan AI-80 markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish.

✔️Qurilish jarayonlariga cheklovlar va yangi talablarni joriy etish, xususan qurilish vaqtida changni kamaytiruvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa ekologik talablarni belgilash.

No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.