Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati

  • Institut
  • Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati

Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati

Umumiy qoidalar

Ushbu sayt Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) tomonidan ishlab chiqilgan va foydalanuvchilarga taqdim etilgan https://mmtri.uz  rasmiy veb-sayti hisoblanadi. Sayt O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan rasman ro‘yxatdan o‘tgan sayt hisoblanadi.
Saytdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu shartlarni qabul qilishi lozim. Agar foydalanuvchi mazkur shartlarga rozi bo‘lmasa, saytdan foydalanmasligi lozim.

Saytdan foydalanish tartibi:

– Foydalanuvchi sayt taqdim etgan axborot va xizmatlardan qonunchilikka zid bo‘lmagan holda foydalanishi shart.
– Saytdan olingan axborotlar Institutning ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin emas.
– Foydalanuvchi sayt orqali shaxsiy ma’lumot kiritganda, ularning to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun shaxsan javobgardir.
– Saytda joylashtirilgan barcha axborot, logotip, dizayn, matn va grafik materiallar Institutga tegishli hisoblanadi.
– Saytdan nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarini tarqatish yoki qayta ishlatish manba sifatida Institutning sayti havolasi ko’rsatilishi bilan amalga oshiriladi.
– Institut ushbu shartlarni istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi.
– Yangi ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi.

MAXFIYLIK SIYOSATI

Ushbu Maxfiylik siyosati sayt foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, saqlash va qayta ishlash qoidalarini belgilaydi. Saytdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu siyosat shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi. Ushbu Maxfiylik siyosati foydalanuvchining saytdan xabar yo’llash, izoh qoldirish,  hujjatlardan foydalanish chog‘ida sayt tomonidan so‘ralgan maʼlumotlar kiritilganda ushbu maʼlumotlarning maxfiyligini muhofaza qilish va oshkor etmaslik tartibini taʼminlashga qaratilgan sayt maʼmuriyatining (bundan keyin matnda Maʼmuriyat deb yuritiladi) majburiyatlarini belgilaydi.

Foydalanuvchi sayt xizmatlaridan foydalanishda quyidagi ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin:

– Ism, familiya va boshqa shaxsiy ma’lumotlar;
– Elektron pochta manzili, telefon raqami;
– Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda sayt maʼmuriyatiga yoki maʼmuriyatning iltimosiga ko‘ra taqdim etilgan har qanday qo‘shimcha maʼlumotlar.

Foydalanuvchi ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

– Sayt xizmatlarini taqdim etish va takomillashtirish;
– Foydalanuvchi bilan muloqot qilish;
– Axborot-taxliliy materiallarni yuborish;
– Xavfsizlik va huquqiy talablarni ta’minlash.

Ma’lumotlarni himoya qilish

Institut shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy xatti-harakatlardan, yo‘qolish, yo‘q qilish va uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun maʼmuriyat zamonaviy dasturiy taʼminot hamda apparatni himoya qilish vositalaridan, shuningdek, tashkiliy xavfsizlik choralaridan foydalanadi.
Maʼmuriyat maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z zimmasiga oladi.
Maʼmuriyat foydalanuvchining iltimosi yoki uchinchi shaxslarning daʼvolari bo‘yicha sud yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘roviga asosan, maʼmuriyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga kirish huquqiga ega.

Foydalanuvchi huquqlari

Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rish, o‘zgartirish va ularning yo‘q qilinishini talab qilish, shuningdek, foydalanuvchi ma’lumotlar tarqatilishini cheklash yoki bekor qilishni so‘rash huquqiga ega.

Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar

Maʼmuriyat ushbu Maxfiylik siyosatini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir saytga e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Foydalanuvchilarga Siyosat o‘zgarishi to‘g‘risida maxsus xabar berish mumkin, ammo bunday ogohlantirish talab qilinmaydi va Maʼmuriyat barcha manfaatdor tomonlarni Siyosatdagi o‘zgarishlarni kuzatishga undaydi. Siyosatdagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchi Saytdan foydalanishni to‘xtatishi shart.

TERMINLAR

  1. .uz – bu kontentning serverdagi joylashuv o‘rnidir.
  2. mmtri.uz – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar onlayn rejimda bepul huquqiy axborot va maslahat olishlari uchun xizmatini ko‘rsatuvchi sayt.
  3. Shaxsiy maʼlumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy maʼlumot subyekti) bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday maʼlumot  hisoblanadi.
  4. Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi – jismoniy yoki yuridik shaxslarning maʼlumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning, boshqalarga taalluqli maʼlumotlardan ularning roziligisiz yoki qonuniy asoslarsiz foydalanmasligi hamda tarqatmasligi uchun majburiy talab hisoblanadi.