MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
Oʻzbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-345-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-369-sonli Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi va Milliy malaka tizimini muvofiqlashtiruvchi regulator vazifasini bajaradi.
Asosiy faoliyat yoʻnalishlari va vazifalari:
- Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining ishchi organi;
- Respublika kengashi, tarmoq kengashlari va malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash;
- Tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarining ishlab chiqilishi boʻyicha umumiy nazoratni amalga oshirish, ularni ekspertizadan oʻtkazish va joriy etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
- Taʼlim dasturlarini tegishli kasbiy standartlar yoki malaka talablariga muvofiqligi boʻyicha xulosalar berish;
- Malakalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, faoliyatini monitoring qilish, ularning reestrini yuritish va zarur hollarda ularga uslubiy yordam koʻrsatish;
- Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini joriy etish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish, shuningdek, Milliy malaka tizimi masalalari boʻyicha maʼlumotlarni kiritish, tahlil qilish va qayta ishlashni amalga oshirish;
- Milliy malaka tizimini rivojlantirish, takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda bu borada metodologik xizmatlar koʻrsatish;
- Tarmoq kengashlari aʼzolari va malakalarni baholash markazlari xodimlarining malakasini oshirish;
- Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reestrini hamda kasbiy standartlar reestrini shakllantirish va yuritish;
- Vazirlik va idoralardagi kasbiy malakalarni rivojlantirishga masʼul boʻlgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga amaliy yordam berish;
- Milliy malaka tizimini rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
- Milliy malaka tizimini rivojlantirish sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;
- Milliy malaka tizimini muvofiqlashtiruvchi regulyator vazifasini bajarish.
Strategik maqsad
- Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
- Mashgʻulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini xalqaro standartlarga moslashtirib borish;
- Malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchilar talablari asosida ishlab chiqish, joriy qilish hamda rivojlantirish;
- Yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish, oliy va kasbiy taʼlim dasturlarini takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
- Malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishini, milliy malaka darajalarining ilgʻor xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
- Norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) tizimini joriy qilish;
- Koʻnikmalarni prognozlashtirish, koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish, koʻnikmalar bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
- Milliy malaka tizimini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish boʻyicha strategik rejalar ishlab chiqish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
- Milliy malaka tizimini rivojlantirish jarayonlarini monitoring qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot almashinuvini samarali yoʻlga qoʻyish.
Faoliyat asoslari
- Innovatsiya – yangicha yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
- Shaffoflik – barcha jarayonlarda ochiqlik hamda adolatli yondashuv.
- Xalqaro hamkorlik – dunyo tajribasini milliy amaliyotga joriy etish.
- Salohiyatni oshirish – kasbiy rivojlanishni taʼminlash.
- Jamoaviy ish – birgalikda natijaga erishish.



