Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi hududiy seminar o‘z ishini yakunladi

  • Institut
  • Seminar-treninglar
  • Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi hududiy seminar o‘z ishini yakunladi
Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi hududiy seminar o‘z ishini yakunladi
  • 05.12.2025
  • Seminar-treninglar, Uchrashuvlar, Yangiliklar
  • 3 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi hududiy seminar o‘z ishini yakunladi

Mazkur seminar Yevropa Ittifoqining “DARYA” dasturi doirasida tashkil etilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun kasbiy standartlar tizimini takomillashtirish, metodologik yondashuvlarni muvofiqlashtirish va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Tadbir davomida “DARYA” loyihasi doirasida amalga oshirilgan pilot ishlanmalarning natijalari, mintaqaviy yondashuvlarning samaradorligi, Yevropa davlatlarining ilg‘or tajribasi va kelgusidagi strategik hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Yevropa ta’lim fondi (ETF) vakillari, Fransiya va Italiyadan taklif etilgan ekspertlar kasbiy hamda malaka standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, joriy etish, shu bilan birgalikda, monitoring qilish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar davomida ko‘rib chiqilgan asosiy yo‘nalishlar:

– Markaziy Osiyo mamlakatlarida kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha mavjud tajribalar;
– “DARYA” loyihasining pilot bosqichida shakllangan metodologik xulosalar va takomillashtirish yo‘nalishlari;
– Malakalar bo‘yicha ochiq elektron axborot tizimlarini rivojlantirish va integratsiya qilish;
– Ish beruvchilar, ta’lim tashkilotlari va malakani baholash markazlari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish;
– Kasbiy standartlarga muvofiq o‘quv dasturlarini yangilash va modernizatsiya qilish.

Seminardan chiqarilgan asosiy xulosalar:

–Yagona metodologik yondashuvni ishlab chiqish zarurati mavjud bo‘lib, mintaqaviy standartlarni uyg‘unlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
– Malaka tizimini to‘liq raqamlashtirish, raqamli reyestrlar va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.
– Mintaqaviy hamkorlik orqali mehnat mobilligi va malakalarning o‘zaro tan olinishini oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega.
– Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish maqsadida kasbiy standartlar asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur.

Kelgusidagi ustuvor vazifalar:

– Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yagona mintaqaviy metodik qo‘llanma ishlab chiqish;
– Bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi tarmoqlar bo‘yicha kasbiy standartlar yaratishni davom ettirish;
– Malakani baholash markazlari faoliyatini takomillashtirish va ilk bor joriy etilayotgan mintaqaviy baholash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
– Mehnat bozori ehtiyojlari asosida raqobatbardosh malakalar tizimini shakllantirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash.

Shuni ta’kidlash joizki, “DARYA” loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlarida zamonaviy, shaffof va raqobatbardosh malaka tizimini yaratish, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan keng qamrovli platformaga aylanmoqda.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.