Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy va mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini olib bormoqda

  • Institut
  • Seminar-treninglar
  • Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy va mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini olib bormoqda
Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy va mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini olib bormoqda
  • 03.12.2025
  • Seminar-treninglar, Uchrashuvlar, Yangiliklar
  • 4 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Italiyaning Turin shahrida “Markaziy Osiyoda kasbiy va malaka standartlariga milliy va mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini olib bormoqda

Turin shahri bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim muloqot va hamkorlik maydoniga aylangan. Yevropa Ittifoqining “DARYA” loyihasi doirasida kasbiy malakalar tizimini takomillashtirishga qaratilgan mintaqaviy seminar-trening davom etmoqda.
Uch kun davom etishi rejalashtirilgan mazkur tadbirda yirik ish beruvchilar, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etib, mazmunli muhokamalar va amaliy tajriba almashuvlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda tarmoq kengashlarining mas’ul vakillari seminarning barcha sessiyalarida faol qatnashmoqda.
Seminarning dastlabki kunida Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan amalga oshirilgan mintaqaviy kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha pilot loyiha natijalari taqdim qilindi.
Loyiha doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kasb profillari (standartlar) ishlab chiqilgan:
Turizm;
Qurilish;
Transport va logistika.
Mazkur standartlar istiqbolda Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar uchun yagona malaka talablari tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv milliy kasbiy standartlarni takomillashtirish, o‘quv dasturlarini kasbiy standartlarga muvofiqlashtirish hamda malakalarni mintaqaviy darajada taqqoslash imkoniyatini yaratadi.
Yig‘ilish davomida, shuningdek, Yevropa Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ESCO (European Skills, Competences and Occupations) tizimi bilan o‘zaro uyg‘unlik masalalari, malakalararo integratsiya jarayonlari hamda kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy kompetensiya xaritalarini ishlab chiqish borasida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Italiya va Fransiya tajribasi o‘rganilmoqda
Seminar ishtirokchilari Italiya va Fransiya davlatlarida kasbiy hamda malaka standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, shuningdek, amaliyotga joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Piemont mintaqasidagi kasbiy ta’lim markazlari va mintaqaviy o‘quv muassasalariga tashrif buyurib, o‘quv-amaliy jarayonlar bilan bevosita tanishmoqda.
Mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi:
“DARYA” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu seminar Markaziy Osiyo mamlakatlarining:
malakalarni tan olish tizimini uyg‘unlashtirish;
mehnat bozori ehtiyojlariga mos zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘zaro tajriba almashish;
mintaqaviy mehnat mobilligini oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ushbu loyiha nafaqat kasbiy malakalar tizimini modernizatsiya qilish, balki Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy barqarorligi, aholi bandligini taʼminlash hamda mehnat resurslari salohiyatini oshirishga bevosita hissa qo‘shuvchi muhim mintaqaviy platforma sifatida e’tirof etilmoqda.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.