Kasbiy tajriba – amaliy muhokamalar samarasi

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibiga kiruvchi tarmoq korxonalari mutaxassis xodimlari ishtirokida xorijiy tajribalarga muvofiq kasbiy standartlarni ishlab chiqishning umumiy qoidalari bo‘yicha amaliy muhokama yig‘ilishi tashkil qilindi.

Ushbu yig‘ilishda Tarmoq malaka ramkalari, Kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha tushunchalar berildi hamda ularni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro metodologiyalar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ikki kunlik amaliy muhokama jarayonida tarmoqqa tegishli “Neytrallash apparatchisi” kasbining Mehnat vazifalari tasnifi doirasida Mehnat harakatlari, Ko‘nikmalar, Bilimlarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish jarayoni DACUM uslubida amaliy ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar tomonidan olingan bilim va amaliy tajriba, ma’lumotlar kelgusi faoliyatida samarali xizmat qilishi e’tirof etildi.

Loading

Scroll to Top