Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Kasbiy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Kasbiy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
  • 17.10.2025
  • Uchrashuvlar
  • 7 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Kasbiy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi “Donor coordination” yigʻilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, xorijiy elchixonalar hamda xalqaro donor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kasbiy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, 2025-yil boshidan hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sifatini ta’minlash, dual ta’limni rivojlantirish va o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, malaka tizimida tarmoq kengashlari va  malakani baholash markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.

Uchrashuv davomida, YUNESKO, GIZ, Helvetas va boshqa xalqaro tashkilotlarning taqdimotlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, muntazam axborot almashinuvi va hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.