Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Ko’p beriladigan savollar

  • Hayot davomida ta'lim nima ?

    Davlat va jamoat institutlari tizimidan foydalanish asosida, shaxs va jamiyat ehtiyojlariga muvofiq, butun umr davomida shaxsning ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatini oshirish jarayoni.

  • Milliy malaka tizimi nima ?

    Milliy malakalar tizimi - ta’lim, о‘qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tomonidan mehnat bozorining malakali xodimlarga ehtiyoji va malakali ishchi kuchi taklifining butun umr davomida muvofiqligini ta’minlovchi huquqiy va institusional tartibga solish mexanizmlari majmuidir.

  • Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni nima?

    Markazlarning belgilangan mezonlar, ko‘rsatkichlar, talablar va standartlarga muvofiqligini rasmiy tasdiqlash.

  • Baholovchi ekspert kim?

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tomonidan tashkil etilgan hamda malaka oshirish kurslaridan o‘tgan kasbiy faoliyat sohasi bo‘yicha bilim va tajribaga ega mutaxassis.