– Mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarda, milliy malaka tizimini rivojlantirishga bagʻishlangan milliy va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirok etish, shuningdek, sohaga oid davlatlararo kelishuvlar, xalqaro loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
– Yuqori darajada xalqaro ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar va ishbilarmon doiralarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi va institut xodimlarini chet elga xizmat safarlarini tashkil etish;
– Institut tizimi xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar, oʻquv kurslari, axborot va tajriba almashishni tashkil etish hamda shu bilan birga xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar, xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning samarali amalga oshirilishini taʼminlash.