Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Qozog‘iston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi

  • Institut
  • Yangiliklar
  • Qozog‘iston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi
Qozog‘iston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi
  • 15.11.2025
  • Yangiliklar
  • 2 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Qozog‘iston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi

Samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari Oliy Davlatlararo kengashning geologiya, nodir yer metallarini qazib olish, transchegaraviy daryolar oqimini prognoz qilish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlarni tuzish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari rahbarlarining kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qildilar.

Tashrif davomida yana bir qator hujjatlar imzolandi, jumladan:

– Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim;

– Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim;

– Chegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim;

– Qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim;

– Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim;

– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;

– Adliya vazirliklari o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– Tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum;

– O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va “Assambleya jastari” jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

– Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Tibbiy sug‘urta jamg‘armalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;

– “O‘zbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi.

No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.