Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Tarmoq kengashlarida uchrashuvlar davom etmoqda

Tarmoq kengashlarida uchrashuvlar davom etmoqda
  • 06.02.2025
  • Uchrashuvlar
  • 14 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Tarmoq kengashlarida uchrashuvlar davom etmoqda

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Energetika sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi bilan hamkorlikda Xalqaro biznes markazida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Qayta tiklanadigan energiya sohasida inson kapitalini rivojlantirish” loyihasi doirasida energetika sohasida kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo’yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Toshkent davlat texnika universiteti, “ACWA Power Uzbekistan”, “Ernst and Young Advisory” MCHJ, “Solar nature” MCHJ, “Yashil energiya” MCHJ, “ECO Energy sources” MCHJ, “Eco Sun Energy” MCHJ vakillari hamda energetika sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishlab chiqilayotgan kasb standartlarining xalqaro va milliy talablarga muvofiq bo’lishi, bu esa, mehnat bozorini xalqaro andozalarga mos ishchi kuchi bilan ta’minlashga imkon yaratishi borasida so’z yuritildi.

Tashkil etilayotgan bu kabi uchrashuvlar hamda davra suhbatlari Tarmoq kengashlarining faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi!

No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.
Please make sure that you didn't enabled option: Images of the Current Gallery. Option should have Show value to show images.

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.