Ishonch telefoni +99855 516-54-53 (0)

Turkiya tajribasi o’rganilmoqda

Turkiya tajribasi o’rganilmoqda
  • 18.11.2025
  • Uchrashuvlar, Yangiliklar
  • 5 Koʻrishlar
  • 0 Komentariyalar
  • Chop etish

Turkiya tajribasi o’rganilmoqda

Kunning ikkinchi yarmida MYK ekspertlari tomonidan tarmoq kengashlari bilan ishlash mexanizmlari, kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasbiy malakalarni baholash va sertifikatlash jarayonlari bo’yicha Turkiya tajribasiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbir doirasida Turkiya malakalar ramkasi (Turkish Qualifications Framework — TQF)ning Yevropa malakalar ramkasi (EQF) bilan uyg‘unlashganligi, sifatni ta’minlash, malakalar darajalari tasniflagichlari, malakalarga erishish yo‘llari va malakalarning xalqaro darajada tan olinishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Bu jarayon O‘zbekiston malakalarining xalqaro standartlarga muvofiqlashishida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlandi.

Seminar yakunida Turkiyada malakani baholash jarayonining o‘tkazilish tartibi, malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bosqichlari va malaka sertifikatlarini berish tartiblari tushuntirib o‘tildi.

  • Teglar:
  • Teglar mavjud emas

Izoh qoldiring

Keyingi safar sharhlashim uchun ismim, elektron pochta manzilim va veb-saytimni ushbu brauzerda saqla.