Oʻzbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-345-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-369-sonli Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi va Milliy malaka tizimini muvofiqlashtiruvchi regulator vazifasini bajaradi.
Yangicha yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Barcha jarayonlarda ochiqlik hamda adolatli yondashuv
Dunyo tajribasini milliy amaliyotga joriy etish
Kasbiy rivojlanishni taʼminlash
Birgalikda natijaga erishish
Uzoq muddatli va samarali rivojlanish
Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish
Mashgʻulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini xalqaro standartlarga moslashtirib borish
Malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchilar talablari asosida ishlab chiqish, joriy qilish hamda rivojlantirish
Malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishini, milliy malaka darajalarining ilgʻor xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash
Milliy malaka tizimini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish boʻyicha strategik rejalar ishlab chiqish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish