Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risda”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlari tasdiqlangan.
korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
korrupsiyaviy xafv-xatar – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yohud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda mavjud sabab va sharoitlarda korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etishi ehtimoli;
korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yoʻlida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor boʻlishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qogʻoz, boshqa koʻrinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda oʻz xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – korrupsiyaviy harakatlarning, Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligi va Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir ichki hujjatlari buzilishining oldini olish, Institut xodimlari tomonidan oʻz faoliyatini professional va xulq-atvor jihatdan yuksak darajada amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar.