Menyu

Kasbiy standart loyihasini ekspertizdan o‘tkazish

Platformaga o'tish

Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kegashlari tomonidan taqdim etilgan kasbiy stabndart loyihalari Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida tashkil etilgan ekspert guruhi tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Guruh tarkibiga soha mutaxassislari, ish beruvchilar, taʼlim tashkilotlari vakillari va instituti xodimlari jalb etilishi mumkin.

Institutga taqdim etilgan loyihalar 10 kun muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.

Loyihalar kasbiy standart loyihasi bo‘yicha ekspertiza mеzonlariga muvofiq o‘tkaziladi va unda quyidagilar e’tiborga olinadi:

• kasbiy standart mazmunining qonunchilik talablariga muvofiqligi;
• malaka darajalarinig Milliy va tarmoq malaka ramkalari talablariga muvofiqligi;
• kasbiy faoliyat doirasidagi mehnat funksiyalari va vazifalarning aniqligi, mehnat faoliyatini to‘liq qamrab olganligi va zamonaviy tendensiyalarga mosligi;
• mehnat bozori talablari va ish beruvchilar ehtiyojlarining aks ettirilganligi;
• taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va malakani baholash tizimida foydalanish imkoniyatlari;
• loyihaning Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan kasbiy standart shakliga muvofiq rasmiylashtirilganligi.

Kasbiy standart loyihasi ekspertizasining barcha mеzonlariga muvofiq deb topilgan loyihalarga institut tomonidan tegishli Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kegashiga xulosa taqdim etiladi. Mazkur xulosaga asosan tarmoq kengashlari kasbiy standartni tasdiqlashi va amaliyotga joriy etishi mumkin. Institut xulosasini olmasdan kasbiy standartlarning amaliyotga joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kegashlari tomonidan taqdim etilgan kasbiy standart loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti pulli xizmatlar koʻrsatadi.

Kasbiy standart loyihalarining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi:

• sifatli va zamonaviy kasbiy standartlarni amaliyotga joriy etish;
• mehnat bozori va ta’lim tizimi integratsiyasini mustahkamlash;
• malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash uchun zarur va muhim bosqich hisoblanadi.

Huquqiy asoslar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori 8-ilovasi 1-2-bandlari

Powered by GSpeech