Milliy malaka tizimi nima ?
Milliy malakalar tizimi - ta’lim, о‘qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tomonidan mehnat bozorining malakali xodimlarga ehtiyoji va malakali ishchi kuchi taklifining butun umr davomida muvofiqligini ta’minlovchi huquqiy va institusional tartibga solish mexanizmlari majmuidir.
Hayot davomida ta'lim nima ?
Davlat va jamoat institutlari tizimidan foydalanish asosida, shaxs va jamiyat ehtiyojlariga muvofiq, butun umr davomida shaxsning ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatini oshirish jarayoni.
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni nima?
Markazlarning belgilangan mezonlar, ko‘rsatkichlar, talablar va standartlarga muvofiqligini rasmiy tasdiq
Baholovchi ekspert kim?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tomonidan tashkil etilgan hamda malaka oshirish kurslaridan o‘tgan kasbiy faoliyat sohasi bo‘yicha bilim va tajribaga ega mutaxassis.