Menyu

Xalqaro hamkorlik

Institut uchun xalqaro aloqalar — bu nafaqat rasmiy hamkorlik, balki milliy malaka tizimini rivojlantirishning strategik vositasi hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik orqali milliy malaka tizimi yanada rivojlanib, sifatni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar o’rganilmoqda. Bundan tashqari, sohada ekspertlar salohiyatini oshirish va institutsional hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ortib bormoqda.

Image

Asosiy missiyalar

  • Xalqaro sifat standartlarini (ESG, EQAVET va boshqalar) joriy etish

    Milliy malaka tizimida sifatni ta’minlashda xalqaro tajriba, metodologiya va ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va ulardan foydalanish.

  • Akkreditatsiya va tashqi baholash tizimlarini xalqaro amaliyotlarga moslashtirish

    Ekspert va mutaxassislarning professional ko'nikmalarini xalqaro darajada rivojlantirish hamda boshqaruv va institutsional tizimlarni mustahkamlash orqali institut salohiyatini yanada kuchaytirish.

  • Xorijiy agentliklar bilan tajriba va ekspert almashuvini rivojlantirish

    Milliy malaka tizimi, kasbiy standartlar va TMRlarni xalqaro talablar bilan uyg'unlashtirish.

  • Ta’lim muassasalarining xalqaro akkreditatsiya va reytinglarda tan olinishini qo‘llab-quvvatlash

    Hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish va xalqaro ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish orqali tizimini yanada modernizatsiya qilish.

  • Raqamli ochiqlik va jamoatchilik bilan samarali axborot almashuvini ta’minlash

    Milliy malaka tizimini isloh qilish, uzoq muddatli strategik rejalashtirish va barqaror rivojlanish uchun ilmiy asoslangan maslahatlar, tadqiqotlar va tahlillarni taqdim etish.

O‘zaro anglashuv memorandumlari
«Национальное агентство развития квалификаций»

Rossiya Federatsiyasining Malakalarni Rivojlantirish Milliy Agentligi

RF Milliy Malakalarni Rivojlantirish Agentligi saytiga o'tish

Rossiya Federatsiyasining Malakalarni Rivojlantirish Milliy Agentligi

Milliy agentlik Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Professional malakalar bo‘yicha Milliy kengashi huzuridagi asosiy tashkilot hisoblanadi va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha Asosiy markaz funksiyalarini bajaradi.

Hamkorlik haqida

Rossiya Federatsiyasining Malakalarni Rivojlantirish Milliy Agentligi (Национальное Агентство Развития Квалификаций РФ) bilan milliy malaka tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzoladi. Hamkorlik doirasida:
- metodologik yondashuvlarni rivojlantirish, jumladan kasbiy standartlar, malakalar va baholash tartiblarini ishlab chiqish;
- tajriba va ilg‘or amaliyotlarni almashish;
- kasbiy malakalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish; qo‘shma ekspert guruhlari, treninglar va stajirovkalarni tashkil etish;
- milliy malaka tizimlarida samaradorlikni oshirish uchun raqamli vositalarni o‘rganish bo‘yicha ishlash nazarda tutilgan.

Memorandum shuningdek, ikkala tomon tomonidan kelishilgan boshqa hamkorlik shakllarini amalga oshirish imkoniyatini ham ta’minlaydi.


Turkiya Respublikasi Kasbiy malaka tashkiloti (MYK)

MYK saytiga o'tish

Turkiya Respublikasining asbiy malaka tashkiloti (MYK)

Mesleki Yeterlilik Kurumu (MYK) — bu Turkiyada milliy kasbiy malaka tizimini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlat muassasasi. U Quyidagilarni amalga oshiradi: milliy kasb standartlarini belgilash, mehnat bozorida raqobatbardosh va malakali ishchi kuchini shakllantirish, kasbiy malaka sertifikatlash tizimini boshqarish va shaffof, ishonchli baholash jarayonini ta’minlash.

Hamkorlik haqida

Turkiya Respublikasining asbiy malaka tashkiloti (MYK) va Instituti o'ratsida milliy malaka tizimi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Oʻzaro anglashuv memorandumini imzolangan. Hamkorlik quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- milliy malaka tizimida o'zaro metodologik hamkorlik; - tizimlarini rivojlantirishda tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni almashish;
- sohasidagi qonunchilik, meʼyoriy va ochiq hujjatlar almashinuvi;
- orttirilgan bilim va malakalarni tan olishni (RPL) mexanizmlarini ishlab chiqishda hamkorlik;
Ushbu Memorandum Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida tajriba almashinuvi, sohada metodologik uygʻunlikni taʼminlash hamda milliy malaka tizimlarini oʻzaro takomillashtirish orqali malakali ishchi kuchini rivojlantirishga qaratilgan.

Bizning hamkorlarimiz
Helvetas Swiss Intercooperation, Switzerland

Shveysariyaning HELVETAS loyihasi, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va Institut o‘rtasidagi hamkorlik doirasida kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim uslubiy hujjat ishlab chiqildi. Ushbu hamkorlik ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, o‘qitish jarayonida natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish hamda kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishni maqsad qilgan

Mazkur hamkorlik natijasida “Kasbiy standartlar asosida natijaga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” yaratildi. Qo‘llanma kasbiy standartlardan foydalangan holda o‘qitish natijalarini shakllantirish, ta’lim dasturlarini loyihalash va amalga oshirishda ta’lim muassasalari, metodistlar va ish beruvchilar uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida xizmat qiladi hamda milliy ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.


Fotogalereya
UNESCO

Orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni tan olish (RPL) va validatsiya qilish

UNESCO bilan Orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni tan olish (RPL) va vaidatsiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va uni institutsional darajada joriy etish bo’yicha hamkorlik olib borilmoqda.
Bunda RPL faqat malakani baholashga qaratilgan texnik mexanizm sifatida emas, balki hayot davomida olingan ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi, mehnat bozori mobilligini kuchaytiruvchi va ijtimoiy inklyuziyani ta’minlovchi tizimli siyosiy instrument sifatida qabul qilinadi.
Mazkur hamkorlik RPL mexanizmlarini hayot davomida ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga oladi hamda shaxsning hayoti davomida ish tajribasi, norasmiy va informal ta’lim orqali egallangan bilim va ko‘nikmalarini rasman tan olishni ta’minlashga qaratilgan.


Milliy malaka ramkasi (NQF)ni va Yevropa malakalar ramkasi (EQF) bilan uyg‘unlashtirish

UNESCO bilan hamkorlikdagi loyihalar doirasida Milliy malaka ramkasi malaka darajalari, daraja deskriptorlari va o‘qitish natijalarini belgilash bo‘yicha birgalikdagi ishlar olib borildi.
Bunda ushbu elementlarning natijaga yo‘naltirilgan, shaffof va formal, noformal hamda informal ta’lim kontekstlarida izchil qo‘llanilishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, UNESCO bilan birgalikda malakaning xalqaro talablarga mosligi va shaffofligini ta’minlash, xususan Yevropa malakalar ramkasi (EQF) va tegishli mintaqaviy ramkalar bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu esa malakalarni xalqaro darajada tan olish va ishchi kuchi mobilligini hamda mehnat bozori bilan moslikni kuchaytirishga xizmat qiladi.


Fotogalereya
ETF

Yevropa ta’lim fondi (ETF) bilan kasbiy ta’lim va malakalarni rivojlantirish hamda norasmiy va informal ta’limni tan olish sohalarida tizimli hamkorlik olib borilmoqda. Mazkur hamkorlik asosan DARYA mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirilib, Markaziy Osiyo davlatlarida milliy va mintaqaviy kasbiy standartlarni ishlab chiqish, milliy malakalar tizimini takomillashtirish va xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etishga qaratilgan.

ETF bilan hamkorlik doirasida DARYA loyihasining 2-moduli asosida uchta mintaqaviy kasbiy standart ishlab chiqildi hamda ular asosida uchta milliy kasbiy standart loyihalari shakllantirildi. Shuningdek, ushbu standartlar bo‘yicha baholash va validatsiya tizimini shakllantirishga qaratilgan navbatdagi loyihaga ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Fotogalereya
MYK

Turkiya Respublikasining Mesleki Yeterlilik Kurumu (MYK) tashkiloti va Institut o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolangan bo’lib u milliy malaka tizimini rivojlantirish, kasbiy standartlar va TMRlarni takomillashtrish, malakani baholash va sertifikatlash, shuningdek institutsional salohiyatni oshirish va uzoq muddatli 2030-yilgacha bo‘lgan malakalarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish kabi sohalarni qamrab oladi.
2025-yil 17–20-noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Mesleki Yeterlilik Kurumu (MYK) tashkilotiga tajriba almashish maqsadida xizmat safari amalga oshirildi.


Fotogalereya
Powered by GSpeech