Menyu

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida tarmoq kengashlari kotiblari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

9-Yanvar, 2026-yil

Joriy yilning 9-yanvar kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida tarmoq kengashlari kotiblari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Institut direktori tomonidan tarmoq kengashlarining milliy malaka tizimini rivojlantirishdagi o‘rni va mas’uliyati, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor, maqsadli ko‘rsatkichlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish — kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini shakllantirish vazifalari milliy malaka tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va amaliyotga joriy etish jarayonlarida muhimligi bayon etildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech