Menyu

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Turkiya Respublikasi Kasbiy malaka tashkiloti (Mesleki Yeterlilik Kurumu – MYK) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22-Yanvar, 2026-yil

Joriy yilning 22-yanvarida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Turkiya Respublikasi Kasbiy malaka tashkiloti (Mesleki Yeterlilik Kurumu – MYK) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Turkiya tajribasi asosida O‘zbekistonda kasbiy standartlarini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, kasbiy standartlar, baholash vositalari hamda malakani tasdiqlash jarayonlarida qo‘llanilayotgan ilg‘or va zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.

Shuningdek, malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, ularning institutsional salohiyatini oshirish, sifatni ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma trening va maslahat tadbirlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, milliy malaka tizimida ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish hamda mehnat bozorida talab ortib borayotgan va yangi paydo bo‘layotgan kasblarni prognozlashda Turkiya tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech