Menyu

TexVET II loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

28-Yanvar, 2026-yil

Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Courtyard by Marriott Tashkent” mehmonxonasida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash (TexVET II)” loyihasining muvofiqlashtirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish doirasida "TexVET" loyihasining birinchi bosqichida erishilgan asosiy natijalar taqdim etilib, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqich doirasida rejalashtirilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. 

Tadbir davomida kasbiy ta’lim imkoniyatlarini sohalar kesimida kengaytirish, dual ta'lim bilan bog'liq joriy muammo va kelajakdagi imkoniyatlar, shuningdek, kasbiy standartlarni ishlab chiqish metodkasini takomillashtirish, tarmoq kengashlari faoliyatini kuchaytirish va mehnat bozori ehtiyojlariga mos ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, uchrashuvda, tadbir ishtirokchilari faolligida dual ta'lim va milliy malaka tizimidagi muammolarga yechim topishga qaratilgan workshop o'tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar tarmoq kengashlari a’zolari hamda ekspertlarining kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech