6-Fevral, 2025-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Energetika sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi bilan hamkorlikda 2025-yilning 6-fevralida Xalqaro biznes markazida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Qayta tiklanadigan energiya sohasida inson kapitalini rivojlantirish” loyihasi doirasida energetika sohasida kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo’yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Toshkent davlat texnika universiteti, “ACWA Power Uzbekistan”, “Ernst and Young Advisory” MCHJ, “Solar nature” MCHJ, “Yashil energiya” MCHJ, “ECO Energy sources” MCHJ, “Eco Sun Energy” MCHJ vakillari hamda energetika sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ishlab chiqilayotgan kasb standartlarining xalqaro va milliy talablarga muvofiq bo’lishi, bu esa, mehnat bozorini xalqaro andozalarga mos ishchi kuchi bilan ta’minlashga imkon yaratishi borasida so’z yuritildi. Tashkil etilayotgan bu kabi uchrashuvlar hamda davra suhbatlari Tarmoq kengashlarining faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi!Tarmoq kengashlarida uchrashuvlar davom etmoqda