Menyu

Kursning maqsad va vazifasi

Mazkur kurs Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Kursning asosiy maqsadi — baholash vositalarini ekspertizadan oʻtkazish sohasida mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni milliy va xalqaro standartlar asosida baholash vositalarining sifatini aniqlash va amaliyotda qoʻllashga tayyorlashdir.

Maqsadli auditoriya

Kasbiy standartlar, ta’lim dasturlari va baholash vositalari ekspertlarini ishlab chiquvchilar, malakani baholash markazlari xodimlari hamda sifatni baholash jarayonlariga jalb etiladigan mutaxassislar va boshqalar.

Kurs davomida quyidagilar oʻrganiladi

• baholash vositalarini ekspertizadan o‘tkazish
• milliy va xalqaro standartlar asosida baholash vositalarining sifatini aniqlash
• baholash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish
• baholash natijalarining ishonchliligi va objektivligini ta’minlash usullari
• malakani baholash markazlari faoliyatida tashkiliy va boshqaruv masalalari.

Kursning davomiyligi – 5 kun

Murojaat uchun

📧 Elektron manzil: info@mmtri.uz
📞 Telefon: +998 55 516-54-53 (139)
🏢 Manzil: Olmazor tumani Talabalar koʻchasi 9

Powered by GSpeech