Menyu

Kursning maqsad va vazifasi

Mazkur kurs Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Kursning asosiy maqsadi — kasbiy standartlarni ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy malaka tizimi, ta’lim va mehnat sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ekspertiza jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Maqsadli auditoriya

Kasbiy standartlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislar va boshqalar.

Kurs davomida quyidagilar oʻrganiladi

• Kasbiy standartlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish
• Ta’lim va mehnat bozori sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
• Ekspertiza jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlash ko‘nikmalari
• Milliy malaka tizimi va xalqaro tajribalar asosida ekspertiza qilish.

Kursning davomiyligi – 5 kun

Kurs yakunida maxsus sertifikat taqdim etiladi

Murojaat uchun

📧 Elektron manzil: info@mmtri.uz
📞 Telefon: +998 55 516-54-53 (139)
🏢 Manzil: Olmazor tumani Talabalar koʻchasi 9

Powered by GSpeech