Mazkur kurs Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Kursning asosiy maqsadi — malaka baholash markazlarini akkreditatsiya qilish jarayonida ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, akkreditatsiya jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.
Malaka baholash markazlarini akkreditatsiya qilish jarayoniga jalb etiladigan ekspertlar, tarmoq kengashlari vakillari va boshqalar.
• milliy va xalqaro standartlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilg‘or tajribalar
• malaka baholash markazlarini akkreditatsiya qilishning nazariy va amaliy asoslari
• akkreditatsiya jarayoni
• akkreditatsiya usullari, mezonlari va ekspertiza ko‘nikmalari
• akkreditatsiya jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlash.
📧 Elektron manzil: info@mmtri.uz
📞 Telefon: +998 55 516-54-53 (139)
🏢 Manzil: Olmazor tumani Talabalar koʻchasi 9