Menyu

Kursning maqsad va vazifasi

Mazkur kurs Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Kursning asosiy maqsadi — malakani baholashga jalb qilinadigan ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, baholash jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Maqsadli auditoriya

Malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspertlar, milliy malaka tizimi bo‘yicha faoliyat yurituvchi mutaxassislar, malakani baholash markazlari xodimlari va boshqalar.

Kurs davomida quyidagilar oʻrganiladi

• Malakani baholash jarayonining nazariy va amaliy asoslari.
• Milliy malaka tizimi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar.
• Kasbiy ekspertiza metodologiyasi va baholash mezonlari.
• Ekspertlarning obyektivlik, shaffoflik va ishonchlilik kompetensiyalari.
• Malakani baholash markazlari faoliyatini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalari.

Kursning davomiyligi – 5 kun

Kurs yakunida maxsus sertifikat taqdim etiladi

Murojaat uchun

📧 Elektron manzil: info@mmtri.uz
📞 Telefon: +998 55 516-54-53 (139)
🏢 Manzil: Olmazor tumani Talabalar koʻchasi 9

Powered by GSpeech