Menyu

Kursning maqsad va vazifasi

Mazkur kurs Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Kursning asosiy maqsadi — tarmoq malaka ramkasini ishlab chiqish va ekspertizasiga jalb etiladigan ekspertlikka nomzodlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni milliy malaka tizimi, ta’lim va mehnat sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ekspertiza jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Maqsadli auditoriya

Tarmoq malaka ramkasini ishlab chiqish va ekspertizasiga jalb etiladigan ekspertlikka nomzodlar, kasbiy standartlarni ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspertlar, milliy malaka tizimi bo‘yicha faoliyat yurituvchi mutaxassislar va boshqalar.

Kurs davomida quyidagilar oʻrganiladi

• Milliy malaka tizimi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar.
• Tarmoq malaka ramkasini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning nazariy va amaliy asoslari.
• Ekspertlarning obyektivlik, shaffoflik va ishonchlilik kompetensiyalari.
• Malakani baholash markazlari faoliyatini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalari.

Kursning davomiyligi – 5 kun

Kurs yakunida maxsus sertifikat taqdim etiladi

Murojaat uchun

📧 Elektron manzil: info@mmtri.uz
📞 Telefon: +998 55 516-54-53 (139)
🏢 Manzil: Olmazor tumani Talabalar koʻchasi 9

Powered by GSpeech