Menyu
Baholash vositalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi — baholash vositalarini ekspertizadan oʻtkazish sohasida mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni milliy va xalqaro standartlar asosida baholash vositalarining sifatini aniqlash va amaliyotda qoʻllashga tayyorlashdir.

Kasbiy standartlarni ekspertizadan oʻtkazadigan ekspertlar malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi — kasbiy standartlarni ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy malaka tizimi, ta’lim va mehnat sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ekspertiza jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Malakani baholash markazi direktorligiga nomzodlarning malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda markaz direktorlarining tashkiliy, boshqaruv masalalari, baholash vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.

Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda jalb qilinadigan ekspertlar malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi — malaka baholash markazlarini akkreditatsiya qilish jarayonida ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, akkreditatsiya jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Malakani baholashga jalb qilinadigan ekspertlar malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi — malakani baholashga jalb qilinadigan ekspertlarning salohiyatini oshirish, ularni milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, baholash jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Tarmoq malaka ramkasini ekspertizadan oʻtkazadigan ekspertlar malakasini oshirish kursi

Kursning asosiy maqsadi — tarmoq malaka ramkasini ishlab chiqish va ekspertizasiga jalb etiladigan ekspertlikka nomzodlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni milliy malaka tizimi, ta’lim va mehnat sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ekspertiza jarayonida obyektivlik, shaffoflik va sifatni ta’minlashga tayyorlashdir.

Powered by GSpeech