Menyu

Tarmoq kengashlari faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalar

13-Dekabr, 2025-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashabbusi bilan 2025-yilning 13-dekabrida tarmoq kengashlari vakillari uchun “Tarmoq kengashlari faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 

Seminar-treningda Institutning xalqaro tajriba asosida tahlil va o‘rganish ishlarini amalga oshirib kelgan xodimlari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. 

Xususan, Institut xodimlari “Tarmoq kengashlari faoliyatini takomillashtirishda Qozog‘iston tajribasi” hamda “Turkiya malakalar tizimi: Boshqaruv va manfaatdor tomonlar ishtiroki” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etib,  quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi: 

  • Qozog‘istonda tarmoq kengashlarining huquqiy maqomi; 
  • Tizimni raqamlashtirish;
  • Turkiyada malakalarning yagona milliy ramka asosida tartibga solinishi; 
  • Malakani baholash markazlarining akkreditatsiyasi. 

Seminar davomida ishtirokchilar bilan tarmoq kengashlari boshqaruv samaradorligini oshirish, kasbiy standartlarni shakllantirishda manfaatdor tomonlar ishtirokini faollashtirish, Qozog‘iston va Turkiya tajribalari asosida O‘zbekiston sharoitiga mos amaliy takliflar hamda joriy qilinishi mumkin bo‘lgan yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi. 
 
Seminar-trening qizg‘in bahs-munozaralar, amaliy misollar muhokamasi hamda savol-javoblar bilan boyidi.

Ushbu uchrashuv milliy malaka tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro tajriba bilan boyitish, tarmoq kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda malakalarni baholashni yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech