Menyu

Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi bayoni tasdiqlandi

19-Dekabr, 2025-yil

Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi bayoni tasdiqlandi. (18.12.2025 №114).

Mazkur hujjat bilan: 

  • Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi;
  • Tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlar ishlab chiqishning yagona maketlari tasdiqlandi;
  • 24 ta tarmoq kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari mustahkamlandi;
  • Faol ishtirok etayotgan tarmoq kengashlari, baholash markazlari va ish beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili respublika tanlovini oʻtkazish;
  • Ta’lim dasturlarini kasbiy standartlar asosida yangilash vazifalari yuklatildi.

Mazkur hujjatda kasbiy malakalar bo‘yicha tarmoq kengashlari faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish, tarmoq malaka ramkasi va kasbiy  standart maketi asosida kasbiy faoliyat turlariga qo‘yiladigan  talablarni yagona metodologiya asosida shakllantirish hamda amaliyotga joriy etish masalalariga alohida urg‘u berilgan.

Shuningdek, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini chuqur tahlil qilgan holda Mashgʻulotlarning milliy klassifikatorini muntazam takomillashtirib borish, ta’lim dasturlarini kasbiy standartlar asosida ishlab chiqish, ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy hamda barqaror aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
 

Powered by GSpeech