24-Dekabr, 2025-yil
2025-yilning 24-dekabr kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash markazi direktorligiga nomzodlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Tinglovchilar kursning ilk kunida milliy malaka tizimining normativ-huquqiy asoslari, milliy malakalar ramkasi, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldi. Kurs davomida ishtirokchilar o‘z amaliy tajribalari va takliflari bilan faol qatnashib, milliy malaka tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi. Eslatib o‘tamiz: Malaka oshirish kurslari davom etmoqda! Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati