Menyu

“Dual ta’lim murabbiysi” kasbi bo‘yicha mintaqaviy uchrashuv

16-Yanvar, 2026-yil

Joriy yilning 16-yanvar kuni Yevropa Ta’lim Fondining (ETF) "DARYA" loyihasi doirasida tanlab olingan kasblar qatoriga qo‘shimcha ravishda “Dual ta’lim murabbiysi” kasbiy standartini ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari ishtirokida onlayn (Zoom) uchrashuv o‘tkazildi.
Kun tartibiga muvofiq, Qozog‘iston vakillari tomonidan “Dual ta’lim murabbiysi” kasbiy standarti bo‘yicha joriy natijalar, Qozog‘iston Respublikasining tog‘-metallurgiya majmuasida dual ta’lim murabbiylariga qo‘yiladigan malaka va kasbiy talablar, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari tomonidan kasbiy standartning tuzilmasi va imtihon dasturini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda “Dual ta’lim murabbiysi” kasbi bo‘yicha kasbiy standartni ishlab chiqish ishlari boshlanganini, mazkur yo‘nalishda maxsus ishchi guruh shakllantirilganini ma’lum qildi.
Suhbat yakunida tomonlar "DARYA" loyihasi doirasida tajriba almashish va qo‘shma ishchi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech