Menyu

⚡️Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilad

16-Yanvar, 2026-yil

2026-yilning 15-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-9 sonli qarori  qabul qilindi.

Qarorda 2026–2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasini yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi. 

Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. 

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilandi: 

1. Tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

2. Tanlov orqali iste’dodli mualliflarni aniqlash va ularga 
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1-yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to‘lash;

3. Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash; 

4. Vasiylik kengashi a’zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to‘lash.

Powered by GSpeech