Menyu

Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi

18-Yanvar, 2026-yil

Qarorga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda:

1. 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;

2. Har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;

3. 2026-yil 1-aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda "Kitob o‘qish soati" yo‘lga qo‘yiladi;

4. Kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;

5. Tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Manbaa: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-9 sonli qarori (15.01.2026-y)

Powered by GSpeech