23-Yanvar, 2026-yil
Joriy yilning 23-yanvarida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda Milliy malaka tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ustuvor va strategik yoʻnalishlar, shuningdek, TexVET II loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Loyiha doirasida zamonaviy va xalqaro yondashuvlarga asoslangan kasbiy standartlarni ishlab chiqish, takomillashtirish hamda joriy etish yuzasidan oʻzaro hamkorlik masalalari kelishib olindi. Xususan, TexVET II loyihasi bilan hamkorlikda tarmoq kengashlari aʼzolarining malakasini oshirish, ularning kasbiy standartlarni ishlab chiqish va malakani baholash jarayonlaridagi institutsional rolini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hamkorlik Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda Milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida barqaror rivojlantirish yoʻlida muhim strategik qadam hisoblanadi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati