29-Yanvar, 2026-yil
Joriy yilning 28-yanvar kuni Yevropa ta’lim fondi (ETF) vakili Christine Hemschemeier hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy ta’lim agentligi hamda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining bir qator mas'ullari ishtirok etdi. Uchrashuv ETF delegatsiyasining Toshkent shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida tashkil etilib, unda 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, "DARYA" loyihasi doirasida olib borilayotgan, rejalashtirilayotgan faoliyatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Mazkur uchrashuv tashkilotlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, "DARYA" loyihasi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan tashabbuslarni samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati