30-Yanvar, 2026-yil
Joriy yilning 30-yanvar kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida UNESCO tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar asosida 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar, rejalashtirilayotgan qo‘shma tadbirlar, seminar va treninglar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, muloqot jarayonida tarmoq kengashlari faoliyatini rivojlantirish, xalqaro tajribalar asosida kasbiy standartlarni ishlab chiqish, muayyan kasbiy faoliyat turlariga qo‘yiladigan malaka talablarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bunday tashabbuslar malakani baholash va sifatni ta’minlash jarayonlarining shaffofligi hamda ishonchliligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati