3-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 3-fevral kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbarlari, shuningdek, ikki tomon vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida Institut faoliyati, tarmoq kengashlari, mashg‘ulotlar milliy klassifikatori, ilg‘or xorijiy tajribalar, malakani baholash markazlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr va muhohazalar almashinildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsad va rejalar xususida kelishib olindi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati