Menyu

Yashil ko‘nikmalar Milliy malaka tizimi markazida

4-Fevral, 2026-yil

Joriy yilning 3-fevral kuni Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Green Skills for a Green Economy in Central Asia” loyihasi menejeri Udo Folkers bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek, yashil koʻnikmalarni Milliy malaka tizimiga integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, barqaror rivojlanish va yashil ko'nikmalarni kasbiy standartlar hamda baholash vositalarida aks ettirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Milliy malaka tizimining barqaror rivojlanishiga qaratilgan rejalar kelishib olindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati 

Powered by GSpeech