Menyu

Buyuk Britaniyaning AQA tashkiloti bilan milliy malaka tizimi va kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

7-Fevral, 2026-yil

Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) tashkiloti vakili bilan o'zaro hamkorlik, milliy malaka tizimi hamda kasbiy ta'limda sifatni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti vakillari ishtirok etdi.

Muhokama davomida kasbiy standartlar ishlab chiqish, Britaniya tajribasi asosida ta'lim dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, malakani baholash jarayonida sifatni ta'minlash hamda metodologik hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Muloqot davomida AQA vakili sertifikatlovchi organ (awarding body)lar faoliyati va tashqi sifat nazorati mexanizmlari haqida to'xtalib o'tdi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech