7-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 6-fevral kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Elektrotexnika va mashinasozlik sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi a’zolari va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 2026-yilga mo'ljallangan rejalar, tarmoq kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan kasbiy standartlarda “yashil iqtisodiyot”ga xizmat qiladigan dolzarb kasblarni inobatga olish, tarmoqda malakani baholash markazini tashkil qilish, ekspertlikka nomzodlarni malakasini oshirish, sohaga yangi kirib kelayotgan kasblarni Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga kiritish masalalari muhokama qilindi. Muloqot so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar kelishib olindi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasida tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati