9-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 9-fevral kuni UNESCO bilan O‘zbekistonda milliy malaka va kasbiy ta’lim tizimida sifatni ta’minlashni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Kasbiy ta’lim agentligi hamda Shveysariyaning Helvetas tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida UNESCO eksperti Dana Stroie missiyasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, Kasbiy ta'limda sifatni ta’minlash konsepsiyasi va uning amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqishning yakuniy masalalari diqqat markazida bo'ldi. Shuningdek, muhokamalar davomida ko‘nikma va kompetensiyalarni baholashda ishonchlilikni ta’minlash, kasbiy standartlar hamda baholash jarayonlari o‘rtasida izchillik va uyg‘unlikni kuchaytirish masalalari ham qamrab olindi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti