Menyu

SKILL-UP loyihasi doirasida milliy malaka tizimini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

10-Fevral, 2026-yil

Joriy yilning 10-fevral kuni Shveysariya tomonidan moliyalashtiriladigan, 2026-2031-yillarda amalga oshirilishi mo'ljallangan SKILL-UP loyihasi tashkilotchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda loyihaning konsepsiyasi, strategik maqsadlari, amalga oshirish tamoyillari hamda mas’ul ishtirokchi tomonlar haqida ma'lumot berildi. 

Tadbirda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Loyiha komponentlaridan biri norasmiy ta’lim orqali egallangan ko‘nikmalarni tasdiqlashda Malakani baholash markazlari hamda baholash mexanizmlarining rolini mustahkamlashga bag'ishlangan. 

Loyiha ish beruvchilar, tarmoq kengashlari, davlat muassasalari va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda  kasbiy standartlar hamda baholash vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlik va sifatni ta'minlash imkonini yaratadi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
 

Powered by GSpeech