Menyu

Milliy malaka tizimini takomillashtirish yo‘lida xalqaro tajriba: UNESCO eksperti ishtirokida seminar-trening

11-Fevral, 2026-yil

UNESCO xalqaro eksperti Olav Aarna ishtirokida Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. 

13-fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan mazkur trening milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda Institut xodimlari hamda tegishli tarmoq kengashlari vakillari faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, seminar-trening doirasida Estoniya tajribasi asosida tartibga solingan kasblar reyestrini joriy etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xususan, bugungi uchrashuvda ekspert tomonidan Milliy malaka tizimining ta’lim sohasi va mehnat bozori o‘rtasida samarali bog‘lovchi mexanizm (interfeys) sifatidagi o‘rni yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. 

Mazkur mexanizmni shakllantirish tamoyillari, uning institutsional asoslari hamda kelgusidagi rivojlanish tendensiyalari atroflicha tahlil qilindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech