Menyu

Milliy malaka tizimini takomillashtirish: xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokamada

12-Fevral, 2026-yil

Joriy yilning 12-fevral kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Helvetas tashkilotining Vet4Uz loyihasi vakillari va ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida loyihaning ikkinchi bosqichi (2026–2029-yillar) doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xususan, uchrashuvda Milliy malaka tizimi hamda  kasbiy ta’lim (VET) tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar ish beruvchilarning kasbiy standartlarni ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini yangilash hamda malakani baholash jarayonlarida ishtirok etish mexanizmlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, loyihaning yangi bosqichida Turizm va mehmondo‘stlik sektori uchun dual VET modelini rivojlantirish (2026–2029) yo‘nalishiga ustuvorlik berilganligi qayd etildi. 

Bu borada ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amaliy ta’lim ulushini oshirish hamda mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech