13-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 13-fevral kuni UNESCOning loyiha ofisida xalqaro donorlar ishtirokida sifatni ta'minlash bo'yicha texnik ishchi guruh yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda UNESCO xodimlari, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti vakillari, shuningdek, xalqaro ekspertlar hamda bir qator xalqaro loyihalar rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muhokamalar davomida kasbiy ta'lim va milliy malaka tizimi doirasida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan loyihalarning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, sifatni ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish hamda xalqaro tajribalarni milliy tizimga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar loyihalar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash, hamkorlikni kuchaytirish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar almashdilar. Shuningdek, kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar va muvofiqlashtirilgan harakatlar yuzasidan kelishuvga erishildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati