14-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 10-13-fevral kunlari YUNESKO eksperti Olav Aarna ishtirokida tashkil etilgan seminar-trening o‘z nihoyasiga yetdi. To‘rt kun davom etgan seminar doirasida kasbiy standartlar asosida ta’lim natijalarini ishlab chiqish hamda Estoniya malakalar reyestrining tarkibiy tuzilmasi, ishlash mexanizmlari yuzasidan taqdimot va amaliy muhokamalar olib borildi. Shuningdek, seminarda Milliy malaka tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, uning ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari hamda undagi asosiy ishtirokchilarning vazifalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, tizimning institutsional mustahkamlanishi, manfaatdor tomonlar ishtirokini kengaytirish, malaka va kompetensiyalarning mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati