Menyu

Koreya tajribasi asosida milliy malaka tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

17-Fevral, 2026-yil

Joriy yilning 17-fevral kuni Korea xalqaro hamorlik agentligi KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida KOICA tomonidan texnika yo'nalishida ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan loyihalar, malaka va baholash standartlari muhokama qilindi.  Bundan tashqari, malaka tizimini rivojlantirish, uslubiy qo'llanma va standartlarni  ishlab chiqishda Koreya tajribasidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqot davomida har ikki tomon metodik hamkorlikni kuchaytirish, ekspertlar salohiyatini oshirish hamda milliy miqyosda tatbiq etish mumkin bo‘lgan namunaviy pilot modellarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladilar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech