21-Fevral, 2026-yil
Joriy yilning 20-fevral kuni Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashida uchrashuv bo'lib o'tdi Mazkur uchrashuvda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, "Qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish" loyihasi doirasida YUNESKO, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tarmoq tomonidan Malakani baholash markazini tashkil etish masalalari hamda uning institutsional va metodik asoslarini shakllantirish bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, tarmoq kengashining xalqaro loyiha doirasida RPL (orttirilgan bilim va ko'nikmalarni tan olish) mexanizmlarini joriy etish jarayonidagi ishtirokini jadallashtirish masalasi muhokama etildi. Kelishuvga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida bittadan kasb tanlab, aynan shu kasb bo‘yicha RPL mexanizmlarini pilot tarzda amalga oshirish rejalashtirildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati