Menyu

Milliy malaka tizimini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik: GIZ bilan strategik uchrashuv

3-Mart, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) hamda Germaniyaning BIBB (Kasbiy ta’lim va tayyorgarlik federal instituti) vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda milliy malaka tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ustuvor va strategik yoʻnalishlar, shuningdek, TexVET II loyihasi doirasidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi. 

Muloqot chog‘ida Germaniya tajribasi asosida ish beruvchilarning faolligini kuchaytirish, kasbiy standartlar va malakani baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda GIZning TexVET II loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Memorandum imzolandi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech