Menyu

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

13-Mart, 2026-yil

13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu ezgu tashabbus jamiyatimizda birdamlik, hamjihatlik va tabiatga e’tibor madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti jamoasi ham ushbu hasharda faol ishtirok etdi. Hashar davomida hududlar obodonlashtirilib, yangi daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu ishlar atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Obod mahalla – obod yurt demak. Birgalikdagi bunday ezgu tashabbuslar yurtimiz yanada go‘zal va fayzli bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech